Gvardiolaning rad javobidan so'ng, Pirlo Italiya terma jamoasini boshqaradi - GdS
Andrea Pirlo Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Pep Gvardiola Italiya futbol federatsiyasining taklifini rad etganidan so‘ng, asosiy nomzod sifatida aynan Pirlo ko‘rilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, Gvardiola oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish va murabbiylik faoliyatida tanaffus qilishni istagani sababli Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortgan. Shuningdek, u terma jamoada ishlashdan ko‘ra, klub futbolidagi kundalik ish uslubini afzal ko‘rishi ta'kidlanmoqda.
Shu sababli Italiya futbol federatsiyasi e'tiborini Andrea Pirloga qaratgan. U federatsiya rahbariyati tomonidan uzoq muddatli loyiha uchun mos nomzodlardan biri sifatida baholanmoqda. Biroq hozircha uning tayinlangani rasman e'lon qilinmagan. Roberto Manchini ham nomzodlar qatorida qolmoqda.