Gvardiolaning istagi bilan \"Manchester City\" 6 futbolchi bilan xayrlashishi mumkin
Pep jamoa tarkibini qisqartirish niyatida, klub bir qator futbolchilarni sotishga tayyor
Rasm: gettyimages.com
"Manchester City" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa tarkibini qisqartirishni istayapti. Uning tashabbusi bilan klub yozda olti nafar futbolchi bilan xayrlashishi mumkin.
Maʼlumotlarga koʻra, "shaharliklar" Jon Stounz, Niko O`Rayli, Mateo Kovachich, Ilkay Gyundogan, Klaudio Echeverri va Oskar Bobb boʻyicha tushadigan takliflarni koʻrib chiqishga tayyor. Gvardiola ixtiyorida kam sonli, lekin samarali tarkib boʻlishini afzal koʻrmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor