Gvardiola: «Yarimhimoyamizda muammo bor. Bu haqida oʻylab koʻrishimiz kerak»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning yarimhimoyadagi muammolari ikki mavsumdan beri davom etayotgani haqida gapirdi. Uning taʼkidlashicha, Rodri va Mateo Kovachichning jarohatlari sababli «shaharliklar»ning Nikо Gonsalesga bogʻliqligi ortib ketgan.
2 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan «Fulhem»ga qarshi o‘yinda (4:5) Gonsales hisob 2:5 bo‘lib turganda, yakuniga 30 daqiqa qolganida almashtirildi. Shundan so‘ng raqib yana ikki marta gol urdi.
«Bizda jiddiy muammo bor. Atigi uchta tayanch yarimhimoyachimiz bor, ularning ikkitasi uzoq vaqtga safdan chiqqan. Rodri tez orada qaytadi, ammo Kova hali ancha vaqt yo‘q. Bugun kimga tayanishimizni ko‘rdik — variant deyarli qolmadi. Bu haqida o‘ylab ko‘rishim kerak», — dedi Gvardiola.
Hozirda «Siti» Premyer-liga jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Arsenal»dan bor-yo‘g‘i ikki ochkoga ortda qolmoqda.