Gvardiola Xusanov haqida: sariq kartochka va taktika — almashtirish sababi. Tarkibdagi joy hech kimga kafolatlanmagan


Fevral oyida "Manchester Siti"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb topilgan Abduqahhor Xusanov 30 mart kuni Kubok bahsida "Bornmut"ga qarshi o‘yinda taymda almashtirilganidan beri maydonga tushgani yo‘q.
Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubning rasmiy sayti — mancity.com’ga bergan izohida o‘sha almashtirish qarorini tushuntirdi:
«— Xusanov sariq kartochka olgani uchun xavfga bormoqchi emasdik. O‘sha paytda chap qanotni mustahkamlashimiz kerak edi. Niko rejadagidan ko‘proq o‘ynadi, Yoshko esa markazga o‘tdi. Bizda tanlov kam edi — faqat yosh futbolchilar Vitor va Xusanov qolgan edi», — dedi murabbiy.
Gvardiola shuningdek, jamoa tarkibi uchun raqobat doimiyligini ta’kidladi:
«— Bu holat hech kim tarkibdagi joyiga ishonmasligi kerakligini ko‘rsatadi. Hattoki ertagagi o‘yin ham kafolat bermaydi».
20 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi Xusanov joriy yil yanvar oyida Fransiyaning "Lans" jamoasidan "Manchester Siti"ga o‘tgan edi. Uning transferi taxminan 40 million yevroni tashkil qilgan. Angliya Premer-ligasida u jamoa safida 6 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Futbol
Kecha da 17:06

Futbol
Kecha da 14:13

Futbol
Kecha da 13:19