Gvardiola va Italiya o'rtasida muzokaralar davom etmoqda
Pep Gvardiola Italiya milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Sky Sport Italia ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida muzokaralar allaqachon boshlangan.
Italiya terma jamoasi texnik direktori Paolo Maldini va uning maslahatchisi Leonardo ispaniyalik mutaxassis bilan uchrashib, ehtimoliy tayinlovni muhokama qilgan.
Italiya bosh murabbiyi lavozimi aprel oyidan beri bo‘sh turibdi. Jennaro Gattuzo JCh-2026 yo‘llanmasi uchun o‘tgan pley-offda Bosniya va Gersegovinaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgach, lavozimini tark etgan edi.
Gvardiola esa o‘tgan mavsum yakunida “Manchester Siti”dagi faoliyatini tugatdi. U ingliz klubini 2016-yildan boshqarib, olti marta Premyer-liga chempionligi, Chempionlar ligasi va boshqa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Italiya terma jamoasi murabbiyligiga Roberto Manchini va Andrea Pirlo ham nomzod sifatida ko‘rilmoqda.