locale OZ

Gvardiola: «Umid qilamanki, Foden faoliyatining soʻnggiga qadar «Siti»da qoladi»

«Man Siti» bosh murabbiyi jamoa vingeri haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola: «Umid qilamanki, Foden faoliyatining soʻnggiga qadar «Siti»da qoladi»
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarimhimoyachisi Fil Foden haqida fikr bildirdi.

«U butun faoliyati davomida klubda qolishini juda istayman. U — o‘ziga xos futbolchi, akademiya davridan beri “Manchester Siti” muxlisi bo‘lib keladi, bunga shubha yo‘q.

Kapitanlik masalasiga kelsak — agar o‘zi xohlasa, albatta. Maydonda u har doim yetakchi bo‘lgan. U kiyinish xonasida ko‘p gapiradiganlar qatoridan emas, ammo maydonda hech qachon soyada qolmaydi. Dastlabki kundan boshlab mas’uliyatni zimmasiga oladi, unda maydonda ajoyib xarizma bor», — deydi Gvardiola.

Joriy mavsumda Foden barcha turnirlar doirasida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, oltita gol urdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting