Gvardiola tarixda besh marta Angliya Liga Kubogini qoʻlga kiritgan ilk murabbiyga aylandi
«Man Siti» finalda «Arsenal»ni ishonchli hisobda magʻlub etdi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Siti» ustozi Pep Gvardiola Angliya Liga Kubogi tarixida besh marotaba g‘olib chiqqan ilk murabbiyga aylandi. Mutaxassis o‘zining beshinchi titulini Londondagi «Uembli» stadionida kechgan final bahsida «Arsenal»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola bundan avval 2017/2018, 2018/2019, 2019/2020 va 2020/2021 yilgi mavsumlarda ushbu sovrin sohibiga aylangan edi. Mazkur g‘alaba orqali u har birida to‘rttadan kubok mavjud bo‘lgan Brayan Klaf, Aleks Fyurguson va Joze Mourinyuni ortda qoldirib, mutloq rekordchiga aylandi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili Angliya liga kubogi g‘olibligi «Nyukasl»ga nasib etgan edi. O‘shanda «qarg‘alar» finalda «Liverpul»dan 2:1 hisobida ustun kelishgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist