locale OZ

Gvardiola Rodrining jarohati va tiklanish muddati haqida gapirdi

Ispaniyalik futbolchi avvalroq tizzasidan jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola Rodrining jarohati va tiklanish muddati haqida gapirdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola yarimhimoyachisi Rodrining sogʻligʻi va uning «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

«Rodrining «Vilyarreal»ga qarshi oʻyinda maydonga tushishiga shubham bor. Ehtimol, u «Aston Villa» bilan bahsni ham o‘tkazib yuboradi. Muammo jiddiy emas — bu mushakdagi yengil shikastlanish. Ammo biz ehtiyotkorlik bilan harakat qilishimiz kerak.

Shunga o‘xshash jarohatlarning oldini olishga urindik, ammo ularni toʻliq bartaraf eta olmadik. Voqealar qanday kechishini koʻramiz», — dedi Gvardiola.

Maʼlumot uchun, «Manchester Siti» va «Vilyarreal» oʻrtasidagi uchrashuv bugun, 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting