locale OZ

Gvardiola: «Rahbariyat bizni doim qoʻllab-quvvatladi, bundan faxrlanaman»

«Man Siti» bosh murabbiyi oʻtgan mavsumni sarhisob qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola: «Rahbariyat bizni doim qoʻllab-quvvatladi, bundan faxrlanaman»
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola murakkab davrlarda klub rahbariyatining ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlashini yuqori baholadi. U misol tariqasida o‘tgan mavsumni keltirdi: o‘sha paytda «shaharliklar»ning natijalari va o‘yini beqaror bo‘lgan, ammo Gvardiola so‘zlariga ko‘ra, rahbariyat jamoaga jiddiy yordam ko‘rsatgan.

«O‘tgan mavsum voqealarini eslaganimda, biz klub sifatida erishgan natijalarimiz bilan faxrlanaman. Va qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tganimiz bilan ham faxrlanaman. Klub rahbariyati bizni doim qo‘llab-quvvatladi, doimo ruhlantirdi: “Oldinga, oldinga, oldinga!” Bunday narsa faqat shu ajoyib klubda mumkin!» — deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum «Manchester Siti» Angliya Premer-ligasida uchinchi o‘rinni egallagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting