Gvardiola: «Quyi liga jamoalarini jiddiy qabul qilganmiz»
"Manchester Siti" ustozi "Svonci"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya liga kubogi doirasida “Svonci”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bu men uchun birinchi marta emas. O‘n mavsumdan beri “shaharliklar”ni boshqarib kelaman. Bu vaqt davomida Angliya kubogi va Liga kubogida ko‘plab jamoalarga qarshi o‘ynadim. Biz har doim quyi divizion jamoalarini jiddiy qabul qilganmiz. Mana shunday o‘yinlarga ham, xuddi chempionatga qanday tayyorgarlik ko‘rsak, shu tarzda yondashamiz. Chunki bunday jamoalardan ko‘p narsa kutish mumkin”, - dedi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, 29-oktabr, chorshanba kuni "Manchester Siti" Liga kubogi doirasida "Svonci"ga qarshi bahs olib boradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist