Gvardiola: «Natija uchun masʼuliyatni oʻz zimmamga olaman»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar ligasining 5-turida «Bayer»ga qarshi kechgan va 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
Uchrashuvdan so‘ng ispaniyalik mutaxassis javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini ta’kidladi.
«Men natija uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. Asosiy tarkibda ajoyib futbolchilar bor edi, ammo eng yuqori darajada talab qilinadigan mayda tafsilotlar yetishmadi. Endi keyingi o‘yinlarda kurashishimiz kerak.
“Bayer” bizga qarshi yaxshi harakatda qildi. Umuman olganda, biz ham yomon o‘ynamadik va ko‘proq vaziyatlar yaratdik, biroq ular faqat yarimyaxshi imkoniyat bo‘lib qolib ketdi», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi BBC.
Mazkur natijadan so‘ng «shaharliklar» 10 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi, Leverkuzen jamoasi esa 8 ochko bilan 13-pog‘onaga joylashgan.