locale OZ

Gvardiola murabbiylik faoliyatini yakunlaganidan soʻng nima bilan mashgʻul boʻlishini aytdi

«Man Siti» ertaga «Liverpul»ga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola murabbiylik faoliyatini yakunlaganidan soʻng nima bilan mashgʻul boʻlishini aytdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola oʻzining murabbiylik faoliyatini yakunlagach, hayotini qanday davom ettirmoqchi ekanini soʻzlab berdi.

«Ovqat tayyorlashni oʻrganmoqchiman, lekin restoran ochish niyatim yoʻq. Shuningdek, fransuz tilini oʻrganmoqchiman, ha, aynan shuni. Bolalarim bilan koʻproq vaqt oʻtkazishim kerak — hozir bunga imkon yoʻq. Oilam, opa-singillarim va birodarlarim bilan ham tez-tez uchrasholmayman, ularga ham eʼtibor qaratmoqchiman. Sayohat qilishni istayman. Juda koʻp narsalar bor, ilgari bajara olmaganlarimni albatta qilaman!

Dunyo boʻylab minglab, millionlab joylar bor — ularni koʻrishni istayman: ko‘rgazmalar, konsertlar yoki shunchaki uyda hech narsa qilmay oʻtirish — bu ham ajoyib. Balki shundan boshlarmiz, yomon emas, toʻgʻrimi? Juda koʻp ishlar qilish kerak», — dedi Gvardiola.

Eslatib oʻtamiz, «Manchester Siti» APLning 11-turida «Liverpul» bilan bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv Gvardiola uchun murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yin boʻladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting