Gvardiola: «Men o‘zimni ojiz his qilayotganim yoʻq»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi dastlabki uchrashuvdan (0:3) so‘ng Madrid klubi darvozaboni Tibo Kurtuaning o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Men o‘zimni ojiz his qilayotganim yo‘q. Biz Kurtua jiddiy tarzda o‘yinga kirishishiga to‘g‘ri keladigan vaziyatlarni sodir eta olmadik. Biroq necha bor raqib jarima maydonchasi ichiga qadar yetib bordik, faqatgina so‘nggi uzatma yetishmadi. Agar jamoa darvoza yaqiniga qadar yetib borgan bo‘lsa, demak, umumiy ma’noda hammasini to‘g‘ri bajargan bo‘ladi.
Bizda Kurtua favqulodda o‘yin ko‘rsatdi degan tuyg‘u yo‘q. Shunchaki kichik bir detal yetishmadi. Agar buni uddalagan bo‘lsak, albatta gol urgan bo‘lardik», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda Managing Madrid nashri.
Eslatib oʻtamiz, jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni Manchesterdagi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi.