locale OZ

Gvardiola “Manchester Siti”ning mustahkamlanishi kerak bo'lgan pozitsiyasini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola “Manchester Siti”ning mustahkamlanishi kerak bo'lgan pozitsiyasini aytdi
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL'ning 32-turidan o'rin olgan “Kristal Pelas”ga qarshi o'yindan so'ng (5:2) yozgi transferlar oynasida rejalari bilan o'rtoqlashdi.

“Bizga chap qanot himoyachisi kerak. “Kristal Pelas”ga qarshi o'yinda hujumkor yarim himoyachi Niko O'Rayli ushbu pozitsiyada harakat qildi.

To'g'ri, Niko bizga yordam bermoqda, ammo u chap qanot himoyachisi emas. Shuning uchun, biz ushbu pozitsiyani mustahkamlashimiz kerak”, - deydi Gvardiola.

Ma'lumot uchun, “shaharliklar” APL'ning 32-turidan so'ng 55 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting