locale OZ

Gvardiola «Manchester Siti»ni tark etadi – Romano

Mareska esa uning o‘rnini egallash uchun asosiy da’vogar.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola «Manchester Siti»ni tark etadi – Romano
ФОТО: Getty images

Insayder Fabrizio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, Pep Gvardiola “Manchester Siti” rahbariyatiga jamoani shu yozda tark etish haqida qaror qabul qilganini ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, qaror allaqachon qabul qilingan va rasmiy bayonot yaqin kunlarda e’lon qilinishi kutilmoqda. Shuningdek, Gvardiola yaqin vaqt ichida “shaharliklar” muxlislari bilan xayrlashishi rejalashtirilgan.

Xabarda aytilishicha, klub ichida yangi bosh murabbiy bo‘yicha asosiy nomzod aniqlangan — bu Enzo Mareska bo‘lib, u hozircha yagona ustuvor variant sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola kechagi matbuot anjumanida o‘z kelajagi haqidagi savolga aniq javob bermagan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting