Gvardiola «Manchester Siti»ni tark etadi – Daily Mail
"Manchester Siti" rahbariyati bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, joriy mavsum yakunida klubni tark etishiga ishonmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispan mutaxassisi bir necha hafta oldin tark etish haqida qaror qabul qilgan. Shuningdek, "shaharliklar" safida rasmiy bayonot e'lon qilinishiga atigi bir necha kun qolganini taxmin qilishmoqda.
Xosep Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda.
Joriy mavsumda u jamoa bilan Liga Kubogi hamda Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi. Angliya Premer-ligasining 36-turidan so‘ng "shaharliklar" 77 ochko jamg‘arib, peshqadam "Arsenal"dan ikki ochkoga ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Har ikki jamoa chempionatda yana ikki tadan o‘yin o‘tkazadi.