locale OZ

Gvardiola «Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligini tasdiqladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola «Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligini tasdiqladi
Фото: Getty Images

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hozirgi jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassisning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

"Shartnomamda yana ikki yil bor, balki uni yana ikki yilga uzaytirarman.

Bu yil, ikki yoki to‘rt yildan keyin. Tanaffus qilaman, ammo hozircha hammasi yaxshi.

Jamoa AQShdagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan beri kayfiyatimni ko‘tardi. O‘sha yerda biz nimadir yaratdik, o‘zimga yoqqan narsani ko‘rdim, o‘tgan mavsumda bizga yetishmayotgan narsani ko‘rdim. O‘ylaymanki, o‘tgan mavsumdagidan ko‘ra barqaror bo‘la olamiz”, — deya Gvardiolaning so‘zlaridan keltiradi BBC.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting