locale OZ

Gvardiola «Man Siti»ning kelasi mavsum uchun YChL yoʻllanmasini muddatidan avval qoʻlga kiritgani haqida fikr bildirdi

«Shaharliklar» ushbu turnirda soʻnggi 10 yildan beri toʻxtovsiz ishtirok etib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola «Man Siti»ning kelasi mavsum uchun YChL yoʻllanmasini muddatidan avval qoʻlga kiritgani haqida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining kelasi mavsum uchun YChL yo‘llanmasini muddatidan avval naqd qilgani borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Kelgusi mavsum uchun Chempionlar Ligasidagi ishtirokimizni ta’minlab, ulkan qadam tashlaganimiz juda muhim, bu klubning asosiy va bosh maqsadidir. Chunki so‘nggi 10 yil davomida biz doimiy ravishda ushbu musobaqada qatnashib kelmoqdamiz — bu borada Premyer-ligada har yili barqaror ishtirok etayotgan yagona jamoamiz. Biz boshqa jamoalardan katta farq bilan o‘zib ketdik, bu hali yakun emas, ammo ushbu birinchi qadam nihoyatda ahamiyatlidir», — deydi Gvardiola.

Maʼlumot uchun, «Siti» Angliya Premyer-ligasining kuchli to‘rtligidan joy olishni kafolatlab, o‘ziga xos noyob seriyani davom ettirdi: so‘nggi o‘n yil davomida Angliyaning boshqa hech bir klubi Chempionlar Ligasida har yili to‘xtovsiz ishtirok etishga muvaffaq bo‘lmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting