Gvardiola «Man Siti»dan ketishi haqidagi maʼlumotlar oshkor boʻlganidan norozi boʻldi — The Sun
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola oʻzining mavsum yakunida jamoadan ketishi haqidagi xabarlar APL 37-turidan oʻrin olgan «Bornmut»ga qarshi oʻyindan (19 may) avval OAVda tarqalib ketganidan gʻazabga keldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manba bergan maʼlumotlarga koʻra, ushbu xabarlar fonida ispaniyalik mutaxassis yakshanba, 17 may kuni kechasi futbolchilar bilan bogʻlangan va «Manchester Siti»dan ketishini tasdiqlagan. Gvardiola shogirdlaridan bu xabarni bunday koʻrinishda (matbuot orqali) bilib olishgani uchun uzr soʻragan. «Shaharliklar» futbolchilari ushbu maʼlumotdan shok holatiga tushishgani alohida taʼkidlanmoqda.
Avvalroq, OAVda Pep Gvardiolani «Manchester Siti» bosh murabbiyligi lavozimida Enso Mareska almashtirishi haqida xabarlar tarqalgan edi.