locale OZ

Gvardiola klub futboliga qaytmasligi mumkin — manba

Uning keyingi maqsadi — terma jamoa.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola klub futboliga qaytmasligi mumkin — manba
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola joriy mavsum yakunida Angliya klubini tark etganidan soʻng faoliyatida bir yillik tanaffus eʼlon qiladi. 55 yoshli mutaxassisning klub futboliga qaytishi juda qiyin masala. Bu haqda jurnalist Serxio Gonsales maʼlum qildi.

Manba bergan xabarga koʻra, Gvardiola faqatgina biror-bir milliy terma jamoadan taklif olgan taqdirdagina yana murabbiylikka qaytishga tayyor boʻladi.

«Shaharliklar» boshqaruvida ispaniyalik mutaxassisning oʻrnini uning sobiq yordamchisi Enso Mareska egallashi alohida taʼkidlanmoqda. Mareska Gvardiola ketganining ertasigayoq oʻz vazifasini bajarishga kirishishi boʻyicha kelishuvga erishgan.

Avvalroq, bir nechta nufuzli insayderlar Pep Gvardiolaning kelayotgan yozda «Manchester Siti»dan ketishi borasida xabar tarqatgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting