locale OZ

Gvardiola kelajagi haqida: «Hech qanday aniq rejam yoʻq, faqat dam olmoqchiman»

Ispaniyalik mutaxassis mavsum oxirida «Man Siti»ni tark etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola kelajagi haqida: «Hech qanday aniq rejam yoʻq, faqat dam olmoqchiman»
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola oʻz kelajagi haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi va yaqin orada oʻz oldiga aniq bir professional maqsadlar qoʻymayotganini taʼkidladi.

«Kelajak uchun dam olish hamda farzandlarim ulgʻayguncha ular bilan birga oʻtkaza olmagan vaqtimni qoplashdan boʻlak hech qanday aniq rejam yoʻq. Men hali ulgurmagan va amalga oshirishni istagan koʻplab ishlarim bor — hatto oddiy va «bemaʼni» tuyuladigan narsalar ham shular jumlasidandir», — dedi Gvardiola.

Bugun, 24 may kuni «Man Siti» Premyer-liga doirasida «Aston Villa»ga qarshi bahs olib boradi va bu oʻyin Gvardiola uchun jamoa boshqaruvidagi soʻnggi uchrashuv boʻladi.

Maʼlumot uchun, 55 yoshli Pep Gvardiola «Manchester Siti»dagi 10 yillik faoliyati davomida klub bilan birgalikda jami 20 ta sovrinni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting