locale OZ

Gvardiola: «Juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik»

"Manchester Siti" bosh murabbiyi "Haddersfild"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola: «Juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik»
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning Angliya Liga Kubogi 1/16 finalidan o‘rin olgan "Haddersfild Taun"ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

“Juda yaxshi o‘ynadik, bu menga manzur bo‘ldi. Hujumni boshlashda ba’zi jihatlarni kuchaytirishimiz kerak. Umuman olganda ko‘rsatgan futbolimizdan mamnunman. Jonbozlik, tajovuzkorlik bilan harakat qildik. Keyingi bosqichga chiqdik, bu ajoyib. Endi kelasi o‘yinga ko‘proq e’tibor qaratamiz”, – deya Gvardiola so‘zlaridan keltiradi Sky Sports.

Angliya Liga kubogining 1/8 finalida "Manchester Siti" safarda "Suonsi" mehmoni bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting