locale OZ

Gvardiola: «Juda yaxshi oʻyin koʻrsatdik, natijadan mamnunman»

«Man Siti» bosh murabbiyi «Vilyarreal» ustidan qozonilgan gʻalaba haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola: «Juda yaxshi oʻyin koʻrsatdik, natijadan mamnunman»
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Vilyarreal» ustidan qozonilgan (2:0) gʻalaba haqida fikr bildirdi.

«Biz juda yaxshi oʻyin koʻrsatdik. Toʻgʻrisi, ikkinchi boʻlimning 20 daqiqasi davomida raqib bizdan ustun oʻynadi. Ammo hammasi joyida, kayfiyat a’lo, men natijadan juda mamnunman. Gollarni oʻz vaqtida urdik.

Endi Chempionlar ligasida ketma-ket ikkita oʻyinni oʻz maydonimizda oʻtkazamiz. Har birida uch ochkodan olishimiz kerak. Turnirda muvaffaqiyatli davom etish uchun ochko yigʻishni davom ettirishimiz zarurligini tushunamiz», — dedi Gvardiola.

Maʼlumot uchun, «Manchester Siti» YChLning navbatdagi turida «Borussiya Dortmund»ga, «Vilyarreal» esa «Pafos»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvlar 5 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting