Gvardiola joriy mavsum yakunida «Man Siti»ni tark etishi mumkin
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027 yilga qadar moʻljallangan.
FOTO: Getty Images
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola joriy mavsum yakunida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, ispaniyalik mutaxassisning kelajagi borasida hozircha aniq qaror qabul qilinmagan.
Shu bilan birga, Gvardiola va uning murabbiylar shtabi «shaharliklar»ga oʻz oʻrnini munosib nomzod topishda yordam berishga tayyor. Yakuniy qarorni esa klub rahbariyati qabul qiladi.
Eslatib oʻtamiz, 54 yoshli Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda. Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027 yilga qadar moʻljallangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist