locale OZ

Gvardiola Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Paolo Maldini Gvardiolani terma jamoa boshqaruvi uchun eng maqbul nomzod deb hisoblamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola Italiya terma jamoasini boshqarishi mumkin
Foto: Getty Images

Ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiola Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Italiya matbuotining xabariga ko‘ra, mamlakat futbol federatsiyasining yangi texnik direktori Paolo Maldini Gvardiolani terma jamoa boshqaruvi uchun eng maqbul nomzod deb hisoblamoqda. Biroq mutaxassisning yuqori maoshi va muzokaralarning murakkabligi ushbu tayinlovni amalga oshirishdagi asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun Roberto Manchini, Antonio Konte, Andrea Pirlo va Karlo Anchelotti nomzodlari ham ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, Pep Gvardiola 2025/26-yilgi mavsum yakunida “Manchester Siti”ni tark etgan va hozircha yangi jamoa bilan shartnoma imzolamagan. Avvalroq u kelajakda milliy terma jamoani boshqarish istagi borligini ham bir necha bor ta'kidlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting