Gvardiola: «Holandning borligi ham bizning omadimiz»
U "Bornmut"ga qarshi bahsda dublga erishdi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Bornmut” ustidan 3:1 hisobida qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng Erling Holandning o‘yini haqida fikr bildirdi.
Mazkur o‘yinda norvegiyalik hujumchi dublga erishgandi.
“Biz Erling uchun imkoniyatlarni iloji boricha ko‘proq yaratishimiz kerak, unga to‘pni yetkazib berish muhim. Bu ham bizning omadimiz — u nafaqat zo‘r futbolchi, balki juda mehribon va samimiy inson ham. Erling hali ham o‘z ustida ishlayapti va yanada kuchaymoqda. Uning statistikasi esa — haqiqatan ham hayratlanarli”, — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirgan BBC nashri.
Futbolchi Angliya Premer-ligasi to‘purarlari poygasida 10 o‘yinda 13 ta gol bilan ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist