locale OZ

Gvardiola: «Hammasi «Arsenal»ga bog‘liq»

“Manchester Siti” 36 ta o‘yindan so‘ng 77 ochko bilan Angliya chempionati jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola: «Hammasi «Arsenal»ga bog‘liq»
ФОТО: Getty images

Pep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” jamoasi Angliya Premyer-ligasining 31-turidan qoldirilgan bahsda “Kristal Pelas”ni 3:0 hisobida mag‘lub etgach, mutaxassis chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi.

“Hammasi “Arsenal”ga bog‘liq. Agar ular qolgan ikki uchrashuvda g‘alaba qozonsa, bu haqida gapirishning hojati yo‘q. Biz qila oladigan yagona ish — imkoniyat bo‘lsa, yaqinda turish.

Oxirgi ikki o‘yin juda og‘ir kechadi. Hozir esa qo‘limizdan keladigan ish — tezroq dam olish va Angliya kubogi finaliga tayyorgarlik ko‘rish.

Lekin masala faqat Kubok finalida emas. Undan uch kun o‘tib “Bornmut”ga qarshi o‘yin bor. Londonga parvoz, so‘ng futbolchilar oilalari bag‘riga qaytadi — charchoq sezilmay qolmaydi. Men futbolchilardan ortiq narsa talab qila olmayman. Biz “Uembli”ga g‘alaba uchun boramiz va raqibga qarshi jismonan ham, ruhan ham tayyor bo‘lishimiz shart.

Ularning mavsumi unchalik yaxshi ketmayapti, ammo jamoada sifat bor. Albatta, ular bor kuchini ishga soladi va biz ham g‘alaba uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerak”, — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Ayni paytda “Manchester Siti” 36 ta o‘yindan so‘ng 77 ochko bilan Angliya chempionati jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting