locale OZ

Gvardiola Grilish kelajagi haqida: «Hammasi uning o‘ziga bog‘liq»

Jek hozirda ijara asosida "Everton"da to‘p surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola Grilish kelajagi haqida: «Hammasi uning o‘ziga bog‘liq»
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hozirda "Everton"da ijara asosida o‘ynayotgan Jek Grilish haqida fikr bildirdi.

"Grilishning kelajagi? Bilmayman, lekin Jekka faqat yaxshilik tilayman. U "Everton"da yaxshi o‘ynayotgan edi, ammo afsuski, jarohat oldi. U tezroq tiklanib, keyingi mavsumda maydonga qaytishini umid qilaman.

U avvalgi darajasiga qaytishi mumkinmi? Bu uning o‘ziga bog‘liq. Barcha sifati hali ham o‘zida bor", — dedi Gvardiola.

Bugun "Everton" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi. Premyer-liga doirasidagi ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 00:00'da start oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting