locale OZ

Gvardiola: «Bu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi»

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” APL turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola: «Bu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi»
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" APL 15-turida "Sanderlend"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindan so‘ng “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘ldi. Ajoyib jamoaga qarshi. "Quruq" o‘yin va raqibga nimadir yaratishga deyarli imkon bermaganimizdan mamnunman. Faqat bir vaziyatda Diash to‘pni yo‘qotdi, ammo boshqa tomondan hammasi yaxshi edi. Bu jamoa odatda ko‘p vaziyatlar yaratadi, ammo biz bugun juda hushyor edik," - dedi Gvardiola Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” APL turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting