locale OZ

Gvardiola: «Bizga soʻnggi palladagi aniqlik yetishmadi»

«Man Siti» bosh murabbiyi «Real»ga (3:0) qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola: «Bizga soʻnggi palladagi aniqlik yetishmadi»
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Murabbiy jamoasining o‘yini u qadar yomon bo‘lmaganini ta’kidlab, quyidagicha fikr bildirdi:

«Natija ko‘rinib turibdi, biroq oldinda hali 90 daqiqa bor. Nazarimda, hammasi u qadar yomon bo‘lmadi. Birinchi bo‘limda raqibda uchta vaziyat bo‘ldi va ular uchta gol urishdi. Ular hujumga o‘tishda doim xavfli hisoblanadi. Biz esa bir necha bor raqib himoya chizig‘igacha yetib bordik, ikkinchi bo‘limda ham bu davom etdi. Bizga faqatgina so‘nggi uzatma yetishmadi. Raqib juda tartibli himoyalandi. O‘yinni yomon boshlamagan edik. Endi ovqatlanish, dam olish va kayfiyatni ko‘tarish vaqti keldi.

Darvoza chizig‘igacha yetib borganingda va jarima maydonchasi ichida 4-5 nafar futbolchi bo‘lganda, hammasini sifatli uzatma hal qiladi. Bizda bunday imkoniyatlar bo‘ldi. Agar gol urganimizda, kayfiyat darrov yaxshilangan bo‘lardi. Bizga aynan shu so‘nggi palladagi aniqlik yetishmadi. Balki, keyinroq o‘yinni qayta ko‘rib chiqqanimda u menga yoqmas, biroq hozir hammasi u qadar yomon emasdek tuyulmoqda», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda Managing Madrid nashri.

Eslatib oʻtamiz, jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni Manchesterdagi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting