locale OZ

Gvardiola: «Birinchi bo‘limda ideal o‘ynamadik»

Ispaniyalik mutaxassis "Lids"ga qarshi bahsdagi g‘alabaga o‘z munosabatini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola: «Birinchi bo‘limda ideal o‘ynamadik»
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Lids”ga qarshi (3:2) o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Hozirgi vaziyatda g‘alaba qozonish biz uchun engil nafas olishdek bo‘ldi. APLning qay darajada raqobatbardosh ekanini yaxshi tushunamiz. Ochig‘i, birinchi bo‘limda ideal o‘ynamadik: bir necha marta to‘pni yo‘qotdik, lekin raqibga biror zarba berishga imkon bermadik.

Ammo to‘rt-beshta aniq vaziyat yaratganimizni ham unutmaslik kerak. O‘sha paytning o‘zida o‘yin taqdirini hal qilishimiz mumkin edi.

Ikkinchi taymda ular taktikani o‘zgartirib, 5–3–2ga o‘tdi va biz gol qabul qilib oldik. 2:2 hisobidan keyin o‘yinni kuchaytirdik, hujumga ko‘proq o‘yinchi qo‘shdik – Marmush, Foden, Sherki – va uchinchi gol uchun yetarli imkoniyatlar yaratdik”, - dedi ispan mutaxassis.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu g‘alaba orqali Pep shogirdlari ochkolari sonini 25 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib oldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting