Gvardiola Bernarduni Messiga qiyosladi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Vilyarreal»ga (2:0) qarshi oʻyindan keyin jamoa yarimhimoyachisi Bernardu Silvani argentinalik afsona Lionel Messi bilan taqqosladi. Uchrashuvda portugaliyalik futbolchi bitta golga mualliflik qildi.
«Erling yana gol kiritgani uchun xursandman, lekin Bernarduning ajoyib bosh bilan urgan zarbasi meni hayratda qoldirdi. Bu menga biroz Lionel Messini eslatib yubordi. Ular juda zoʻr! Bo‘ylari past, ammo bosh bilan o‘ynashda nihoyatda kuchli», — dedi Gvardiola.
Eslatib oʻtamiz, «Manchester Siti» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining navbatdagi turida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi toʻqnash keladi. Uchrashuv 5 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.