Gvardiola: «Barselona» va «Real» — murabbiylar uchun eng ogʻir klublar»
«Man Siti» bosh murabbiyi Xabi Alonsoni qoʻllab-quvvatladi.
FOTO: Getty Images
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola so‘nggi natijalar fonida tanqidga uchrayotgan «Real Madrid» ustozi Xabi Alonsoni qo‘llab-quvvatladi.
«Men uni juda yaxshi tushunaman, chunki biz ikki yil birga ishlaganmiz va bu menda ajoyib taassurot qoldirgan. Bizda juda ko‘p umumiy jihatlar bor. “Barselona” va “Real” — murabbiylar uchun eng og‘ir klublar, eng katta bosim aynan shu yerda bo‘ladi. Men unga faqat eng ezgu tilaklarni bildiraman, chunki uni chin dildan hurmat qilaman va qadrlayman», — deydi Gvardiola.
Maʼlumot uchun, La Liga doirasidagi so‘nggi beshta o‘yinda «qirollik klubi» bir bor g‘alaba qozondi, bir bor mag‘lub bo‘ldi va uch marta durang o‘ynadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist