Gvardiola «Aston Villa»ga qarshi bahsda «Siti»dagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazishi mumkin
Ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiola “Manchester Siti” bosh murabbiyligini Angliya Premer-ligasining 38-turidan o‘rin olgan “Aston Villa”ga qarshi o‘yindan so‘ng tark etishi kutilmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mutaxassisning ketishi rasmiy 24 may kuni tasdiqlanishi mumkin. 25 may, dushanba kuni esa Gvardiolaning ingliz futboliga qo‘shgan hissasi munosabati bilan ochiq tomli avtobusda parad o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ispaniyalik murabbiyning amaldagi shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan. Shu bois u klubda boshqa lavozimda faoliyatni davom ettirishi ehtimoli ham istisno qilinmayapti. Uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar sifatida Enzo Mareska va Vinsent Kompani ko‘rib chiqilmoqda.
Ayni paytda “Manchester Siti” APL chempionligi uchun “Arsenal” bilan kurashni davom ettirmoqda. “Kanonirlar” 79 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi, “shaharliklar” esa ulardan 2 ochko ortda qolmoqda.