locale OZ

Gvardiola: Asosiy talabim — jamoa sog‘lom bo‘lishi

“Manchester City” murabbiyi markaziy himoya va yangi mavsum oldidan orzusi haqida gapirdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Angliya grandi “Manchester City” yangi mavsum arafasida jamoa ichidagi asosiy masalalarni muhokama qilmoqda. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola matbuotga bergan so‘nggi izohida markaziy himoya va jamoaga qo‘ygan asosiy talabini tilga oldi.

Ispaniyalik mutaxassis ayni paytda muhim rol o‘ynayotgan Ruben Dias – Jon Stounz juftligini alohida ta’kidlab, ular jamoa o‘yinidagi barqarorlik uchun katta ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Shu bilan birga, Yoshko Gvardiol, Manuel Akanji, Natan Ake va yosh iqtidor Abduqodir Husonovni ham klub uchun muhim futbolchilar sifatida e’tirof etdi.

“Har biriga ishonchim katta, ularning borligi biz uchun ulkan imkoniyat”, — dedi Gvardiola.

Shuningdek, u yangi mavsum oldidan o‘zining eng katta talabini ham ochiq qildi:
“Mening yagona istagim — jamoa sog‘lom bo‘lishi. Jarohatlar futbolning ajralmas qismi, ammo o‘tgan mavsumdagidek ko‘payishi mutlaqo kerak emas. Asosiy narsa, futbolchilar maydonga chiqib raqobat qila olishlari”, — deya ta’kidladi ispaniyalik murabbiy.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting