Gvardiola Aleks Fergyuson natijasini takrorladi
Ispaniyalik mutaxassis hisobida Liga Kubogida 5 ta g'alaba bor.
ФОТО: Getty images
«Manchester Siti» Angliya Kubogi–2025/2026 finalida «Chelsi»ni 1:0 hisobida mag'lub etib, trofeyni qo'lga kiritdi.
Shu tariqa, «shaharliklar» bosh murabbiyi Pep Gvardiola mazkur musobaqada uchinchi bor g'olib chiqdi va Aleks Fergyuson natijasini takrorladi. Eʼtiborli jihati shundaki, faqat Gvardiola va Fergyuson Angliya Kubogi hamda Angliya Liga Kubogini uch martadan ortiq yutishga muvaffaq bo'lgan.
Ispaniyalik mutaxassis hisobida Liga Kubogida 5 ta g'alaba bor. Fergyuson esa 5 marta Angliya Kubogini va 4 marta Liga Kubogini yutgan.
Yarim finalda «Chelsi» «Lids Yunayted»ni 1:0 hisobida yenggan bo'lsa, «Manchester Siti» «Sautgempton» ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist