locale OZ

Gvardiol «Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirdi — Romano

Tomonlar 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiol «Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirdi — Romano
ФОТО: Getty images

Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol «Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolagan. Ta’kidlanishicha, klub xorvatiyalik futbolchini jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

Gvardiol 2023 yilning yozidan buyon «shaharliklar» safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt ichida xorvatiyalik futbolchi Angliya jamoasi safida 122 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting