Gvardiol: «Diqqatimizni sovrinlarni yutishga qaratganmiz»
"Manchester Siti" himoyachisi jamoasining ushbu mavsumdagi maqsadlari haqida to‘xtaldi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol jamoasining joriy mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
"Barcha eʼtiborimizni sovrinlarni yutishga qaratganmiz. O‘tgan mavsumda hech nima yutmagandik. Oldingi holatimizga qaytishni istayotganimiz aniq. Ochig‘i, sovrinlarga chanqoqmiz. O‘tgan mavsumda sodir bo‘lgan hamma narsani orqada qoldirish uchun ayni payt eng yaxshi fursat. Kelgusi olti, yetti yoki sakkiz o‘yin tanaffusdan oldin hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi", — dedi Gvardiol.
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" APL turnir jadvalida 16 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist