locale OZ

“Guruch kurmaksiz bo'lmaydi”: Qozog'iston bosh murabbiyi O'zbekistonni tanqid qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Guruch kurmaksiz bo'lmaydi”: Qozog'iston bosh murabbiyi O'zbekistonni tanqid qildi
FOTO: KFF

O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati masalasini hal qilganidan so'ng ko'pgina qardosh davlatlar ijtimoiy tarmoqlar orqali tabrik yo'llamoqda.

Biroq, “guruch kurmaksiz bo'lmaydi” deganlaridek, Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Ali Aliyev ushbu natijaga g'alati fikr bildirdi.

“Bir marotaba Jahon chempionatiga chiqqandan so'ng, biz keyin O'zbekistonga nima bo'lishini bilmaymiz. Qozog'iston esa Yevropada to'p suradi. Albatta, O'zbekistonni ulkan g'alaba bilan tabriklayman, biroq Yevropa ancha katta daraja.

Biz uyimizga Fransiya yoki Belgiya singari katta jamoalarni olib kelishimiz mumkin. Mbappe yoki yaqinda keladigan Lukaku shunga misol. O'ylashimcha, mamlakat futboli uchun UEFA'da bo'lish ko'proq ahamiyatga ega”, - deydi Aliyev.

Ma'lumot uchun, Qozog'iston ayni dam FIFA reytingida 113-o'rinda, O'zbekiston esa 57-o'rinda bormoqda. Qo'shnilarimiz 1994-yildan 2002-yilgacha Osiyo, hozirda esa UEFA saralash tizimida ishtirok etib kelmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting