locale OZ

Gundogan «Siti»ni tark etib, «Bayer»ga o‘tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gundogan «Siti»ni tark etib, «Bayer»ga o‘tishi mumkin
Фото: Getty Images

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Ilkay Gundogan faoliyatini “Bayer” klubida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik 34 yoshli futbolchi “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning rejalariga kiritilmagan. Shu sababli yaqin kunlarda klubni tark etishi mumkin.

Gundogan 2016 yilning yozida “Manchester Siti”ga kelib qo‘shilgan. 2023 yilgacha o‘ynab, shartnomasi muddati tugaganidan so‘ng “Barselona”ga o‘tgan. 2024 yilning yozida u yana “shaharliklar”ga qaytdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting