locale OZ

Gundogan «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gundogan «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin
Фото: Getty Images

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gundogan jamoani tark etishga yaqin. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, germaniyalik futbolchining “shaharliklar” bilan shartnomasi kelasi mavsumda yakunlanadi. Unga hozirda Yevropaning top jamoalari tomonidan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.

Gundogan ham ko‘proq yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida jamoasini almashtirishga qarshi emas. Unga asosiy xaridor sifatida “Galatasaroy” nomi tilga olinmoqda.

Ma’lumot uchun, Gundogan 2016-2023 va 2024-2025 yillar oralig‘ida "Manchester Siti"da harakat qilgan. U jamoa safida jami 358 ta uchrashuvda maydonga tushib, 65 ta gol urgan va yana 47 ta golga assist bo‘lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting