Gundogan Fransiya klubining aksiyalarini sotib olishi mumkin
Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
ФОТО: Getty images
"Manchester City" va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Galatasaray"da to'p surayotgan Ilkay Gundogan Fransiya 2-ligasi vakili "Monpelye" klubining hammuallifiga aylanishi mumkin. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Gundogan klubdagi ulushni sotib olishni rejalashtirayotgan Britaniyaning GSS fondiga tegishli ehtimoliy investorlar qatoridan o‘rin olgan.
Hozirga qadar "Monpelye" rahbariyat tarkibidagi o‘zgarishlar haqida eʼlon qilmagan. Ehtimoliy bitimdagi yana bir muhim shaxs "Arsenal"ning sobiq futbolchisi Daniel Karbassiyun hisoblanadi.
"Monpelye" o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra 2-liga turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egalladi. 2011/2012 yilgi mavsumda jamoa Fransiya chempioniga aylangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist