«Guliston» Tojikiston Oliy ligasining amaldagi chempioni bilan durang o'ynadi
Birinchi liganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan «Guliston» futbol klubi Toshkenda navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Abbos Ergashev boshqaruvidagi jamoamiz Tojikiston Oliy ligasining 14 karra g‘olibi «Istiqlol»ga qarshi o‘ynadi. Hozirda ushbu jamoani 2025-yilgi mavsumda Farg‘onaning «Neftchi» jamoasini Superligada chempionlik sari yetaklab kelgan Vitaliy Levchenko boshqarmoqda.
Tajribali raqibga qarshi bahs kurashuvchan, jangovar tarzda kechdi. Har ikki jamoa o‘yin yakuniga qadar tinimsiz ravishda kurash olib borishdi.
Birinchi bo‘limning 20-daqiqasida Alisher Sobirjonov mehmonlar darvozasiga yo‘l topib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida esa Tojikistonning amaldagi chempioni muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, bellashuv 1:1 hisobidagi jangovar durang bilan yakuniga yetdi. Jamoaning ikkinchi davraga tayyorgarligi davom etadi.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
Guliston – Istiqlol (Tojikiston) 1:1
Gol: Alisher Sobirjonov 20.
Guliston — Sarvar Husanov, Ozodbek Rajabov, Turdibek Omonov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Ulug‘bek Sharipov (ko‘rik), Shahzodbek Gʻofurbekov, Azamat Abduhalilov, Javohir Ne’matullayev, Alisher Sobirjonov, Asilbek Umurzaqov, Shohnazar Norbekov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bunyod Shodiyev, Muhammad Isayev, Abdulaziz Ne’matov, Shohjahon Yunusov, Isroil Malikov, Bobur Yorbekov,Zuhriddin Ibodullayev,Behruz Abdullayev.