\"Guliston\" o‘rtoqlik bahsida Proliga ishtirokchisi \"Orol\"dan ustun keldi
"Guliston" futbol klubi 3-yig‘in doirasida ilk nazorat bahsini Toshkentda Proliga ishtirokchisi "Orol"ga qarshi o‘tkazdi.
Bellashuv 2:1 hisobida jamoamizning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Gollar Azamat Abduhalilov va Turdibek Omonov hisobiga yozildi.
Murabbiylar shtabi har ikki bo‘limda barcha yigitlarni sinovdan o‘tkazdi. Garchi Proliga ishtirok vakiliga qarshi o‘ynagan bo‘lsak-da, to‘p nazorati, xavfli vaziyatlar soni va tashabbus bo‘yicha ustunlikka erishdik.
Shuningdek, bu bahsda ko‘rikdani bir qator futbolchilarning imkoniyatlari chamalab olindi.
Jamoamizning yig‘ini davom etadi. Ertaga, 16 fevral kuni "Sirdaryo FA" bilan navbatdagi bahs bo‘lib o‘tadi.
Nazorat o‘yini.
15 fevral. "Odil Ahmedov" futbol akademiyasi maydoni.
Orol — Guliston 1:2
Gollar: Azamat Abduhalilov, Turdibek Omonov.
Guliston — Sarvar Husanov, Ozodbek Rajabov, Turdibek Omonov, Shahzodbek Gʻofurbekov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Alisher Sobirjonov, Muhammad Isayev, Bunyod Shodiyev, Aslbek Umirzoqov, Azamat Abduhalilov, Otabek Kabulov (ko'rik).
Zaxiradan maydonga tushganlar: Azamat Ahmedov, Isroil Malikov, Asliddin Smoilov, Shohjahon Yunusov, Xurshid Odiljonov, Bobur Yorbekov, Ibrohim Tursinaliyev, Javohir Nazarqulov, Jahongir Qurbonboyev, Abdulboriy Vosidjonov (ko‘rik).