locale OZ

«Guliston» «Kattaqo‘rg‘on»ga qarshi nazorat bahsini o‘tkazdi

Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, 35 daqiqadan 3ta bo‘limdan iborat bahs o‘tkazildi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
«Guliston» «Kattaqo‘rg‘on»ga qarshi nazorat bahsini o‘tkazdi
photo: Guliston FK

Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Guliston» klubi «Kattaqo‘rg‘on»ga qarshi nazorat bahsini o‘tkazdi.

Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, 35 daqiqadan 3ta bo‘limdan iborat bahs o‘tkazildi. Unda samarqandliklar 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

«Murabbiyliklar shtabi ushbu bahsda ko‘rikdagi o‘yinchilarni barchasiga imkoniyat berdi. Bu esa o‘yin sifati va natijasiga baribir o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Ikkinchi 35 daqiqalikda qariyb asosiy tarkib a’zolari maydonga tushirildi. Ular raqibdan o‘yin borasida aslo qolishmadi va ayrim jihatlarda ustunlik qildi, xavfli vaziyatlar yaratildi. Biroq yakuniy nuqtani qo‘yishda omadimiz kelmadi.

So‘nggi 35 daqiqalikda ham yigitlar raqibdan ustun jihatlarini ko‘rsatdi. Norbekovning zarbasi darvozasi to‘siniga tegib, ortga qaytdi. Umurzaqov va Gʻofurbekov uzoq masofadan raqib darvozasi tomon kuchli zarba yo‘llab ko‘rishdi.

Takror aytamiz, bu o‘yin jamoani tark etgan yigitlar o‘rnini munosiblarini to‘ldirish yo‘lida katta xizmat qiladi. Natija esa muhim emas.

Jamoamizning rasmiy o‘yinlari tez orada start oladi. Bunga qadar munosib tayyorgarlik ko‘rishimiz muhim vazifalardan biridir.

Jamoamiz keyingi nazorat bellashuvini 16-iyul kuni Proliga ishtirokchisi «Gʻazalkent»ga qarshi o‘tkazadi.

Nazorat bellashuvi
Kattaqo‘rg‘on – Guliston 3:0


1-bo‘lim: Asadbek Ergashev, Usmonali Abdukarimov (ko‘rik), Isroil Malikov, Amir Bahodirov, Zuhriddin Ibodullayev, Bobur Yorbekov, Jasur Saydazimov (ko‘rik), Muhammad Isayev, Kamron Yigitaliyev, Behruz Abdullayev, Javohir Ne’matullayev (ko‘rik).

2-bo‘lim: Sarvar Husanov, Ozodbek Rajabov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Iskandar Bo‘sinov (ko‘rik), Turdibek Omonov, Azamat Abduhalilov, Shahzodbek Gʻofurbekov, Alisher Sobirjonov, Bunyod Shodiyev, Abdulaziz Ne’matov (ko‘rik), Asilbek Umurzaqov.

3-bo‘lim: Rahimjon Abduqodirov (ko‘rik), Iskandar Bo‘sinov, Usmonali Abdukarimov (Isroil Malikov), Javohir Ne’matullayev, Turdibek Omonov, Shahzodbek Gʻofurbekov, Ixtiyor Toshpo‘latov (Behzod Bahodirov), Azamat Abduhalilov (Otabek Ismatullayev), Asilbek Umurzaqov, Shohjahon Yunusov, Shohnazar Norbekov»,-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting