locale OZ

«Guliston» jamoasi 29 iyundan mashg‘ulotlarga qaytadi

Shuningdek, 4 ta nazorat o‘yinlari tashkil etiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Guliston» jamoasi 29 iyundan mashg‘ulotlarga qaytadi
Фото: Гулистон ПФК

AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan jahon chempionati munosabati bilan Birinchi liga jamoalari ham yozgi ta’tilga yo‘l olgandi.

“Guliston” jamoasi ham “Jizzax FA”ga qarshi bahsdan keyin futbolchilarga qisqa muddatli dam berishga qaror qilgandi. Endilikda jamoa 29 iyundan yana mashg‘ulotlarga qaytadi.

Yozgi yig‘in davomida futbolchilarning jismoniy holatini tiklash va mavsumning qolgan qismiga yaxshilashga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, “Bunyodkor”, “Metallurg”, “Kattaqo‘rg‘on” va “G‘azalkent” jamoalari bilan nazorat o‘yinlari tashkil etiladi.

“Shuningdek, seleksiya ishlari ham davom ettiriladi. Yig‘inga bir qator tajribali va yosh o‘yinchilar ham taklif etiladi hamda tarkib shakllantiriladi. Bu borada klub rahbariyati va murabbiylar shtabi faol tarzda shug‘ullanmoqda”, - deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting