locale OZ

«Guliston» Hokim kubogi-2026ni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

Jamoa 2-tur bahsini ertaga, 23 fevral kuni «Osiyo» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Guliston» Hokim kubogi-2026ni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi
Фото: Гулистон ПФК

Sirdaryo viloyati hokim kubogi guruh bosqich 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. «Guliston» futbol klubi dastlabki bahsda «Jizzax FA»ga qarshi o‘ynab, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Aslbek Umrzaqov dublga erishgan bo‘lsa, Azamat Abduhalilov, Shohnazar Norbekov va jamoamiz ko‘rigida bo‘lib turgan himoyachi Shoolim Toshimov bittadan gol urdi.

Tajriba va mahorat borasida raqibdan to‘liq ustunlik qilgan jamoamiz hisobni yanada yirik ko‘rinishga olib kelishi ham mumkin edi. Ko‘p vaziyatlarda jizzaxliklarga darvoza ustun va to‘sinlari yordamga keldi.

Jamoa 2-tur bahsini ertaga, 23 fevral kuni «Osiyo» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Bahs soat 13:30 da boshlanadi.

Hokim kubogi-2026.
«A» guruhi. 1-tur.
GULISTON – JIZZAX FA 5:0 (2:0)
Hakamlar: Sardor Hasanboyev, Samandar Nazirqulov, Laziz Hasanov.
Gollar: Azamat Abduhalilov, 22, Aslbek Umrzaqov 28, 77, Shohnazar Norbekov 55 (penalti), Shoolim Toshimov 60.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting