locale OZ

«Guliston» futbol klubi Yangiyer shahridagi BO‘SMda «master-klass» o‘tkazdi

Tadbirda klub va bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik yanada mustahkamlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Guliston» futbol klubi Yangiyer shahridagi BO‘SMda «master-klass» o‘tkazdi
Фото: Гулистон ПФК

Bugun “Guliston” futbol klubi a’zolari Yangiyer shahrida joylashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida bo‘lishdi.

Jamoa bosh direktor Jahongir Jiyamurodov, futbolchilar Ixtiyor Toshpo‘latov, Shohnazar Norbekov, Shahzodbek Gʻofurbekov, Ozodbek Rajabov va Muhammad Isayevlar ushbu tadbirda qatnashdi.

Tadbirda klub va bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik yanada mustahkamlandi.

Dastlab, «Guliston» klubi futbolchilari BO‘SM tarbiyalanuvchilari bilan o‘zaro tanishib, so‘ng ularga “master-klass” o‘tkazishdi, birga mashg‘ulotlarga kirishishdi. Shundan keyin akademiyaning turli yoshdagi ishtirokchilari bilan o‘zaro jamoalarga bo‘linib, birga futbol o‘ynashdi.

Qiziqarli va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv yosh futbolchilarga katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida BO‘SM va klub o‘rtasida mana shunday uchrashuvlarni tez-tez o‘tkazishga kelishib olindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting