locale OZ

«Guliston» futbol akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Dastlab tantanali ochilish marosimini “Guliston” klubi prezidenti Oybek Shodmonqulovich Ashurmatov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
«Guliston» futbol akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
photo: Guliston FK

«Guliston» futbol akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Guliston shahrida “Guliston” PFK qoshida tashkil etilgan futbol akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda viloyat futbol assosiatsiyasi, viloyat sport boshqarmasi, “Guliston” klubi rahbariyati, yosh futbolchilar va ularning ota‑onalari ishtirok etishdi.

Dastlab tantanali ochilish marosimini “Guliston” klubi prezidenti Oybek Shodmonqulovich Ashurmatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. shuningdek, mamlakatimizda, jumladan, Sirdaryo viloyatida futbolga bo‘lgan e’tibor, amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, “Guliston” futbol klubining rejalari, akademiyaning tashkil etish jarayonlari borasida to‘xtaldi. Shundan keyin klub bosh murabbiyi Abbos Ergashev, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Bo‘ronov so‘zga chiqib, ushbu akademiya borasida yig‘ilganlarga tushuntirishlar berishdi. Yosh futbolchilarning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Tadbir yakunida yosh futbolchilarga jamoamiz rahbariyati tomonidan liboslar topshirildi. Murabbiylarga esa mashg‘ulotlar uchun zaruriy barcha sport anjomlari taqdim etildi. Katta maqsadlar bilan tashkil etilogan akademiya faoliyati yanada mustahkam bo‘lishi yo‘lida tilaklar bildirildi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting