Guliston Birinchi liga uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan 25 nafar futbolchining barchasini mavsum davomida maydonga tushirdi
Guliston Birinchi ligadagi 7-bellashuvini o‘tkazdi. Aynan shu bahsda murabbiylar shtabi bir qator o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazdi.
photo: Guliston FK
Guliston Birinchi liga uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan 25 nafar futbolchining barchasini mavsum davomida maydonga tushirdi.
Kuni kecha Guliston Birinchi ligadagi 7-bellashuvini o‘tkazdi. Aynan shu bahsda murabbiylar shtabi bir qator o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazdi.
Natijada 7-turga kelib jamoamiz birinchi liga uchun ro‘yxatdan o‘tilgan 25 nafar futbolchining barchasiga imkoniyat berildi.
Shu tariqa, bu mavsumda debyutini o‘tkazmagan futbolchi qolmadi. Bu o‘yinlarda 22 ta gol urishga erishdik. 4 bor o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqib, «Markaz» mintaqasida eng yaxshi ko‘rsatkichga egamiz.
4-iyun sanasida bizni «Oq-tepa»ga qarshi mehmonda bahs kutmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor